logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

CHirchiq O'zbek jang sanati bo'yicha mamlakat chempionatiga mezbonlik qilmoqda + FOTOGALEREYA

 7 MART, 2026, 10:32

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida milliy sport turimiz sanalgan O'zbek jang sanati bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda.

Mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan atletlar ishtirok etmoqda. Musobaqa reglamentiga ko'ra, barcha yosh toifasida "SHaxsiy  kompleks mashqi", "SHaxsiy Temuriylar jang usuli" yo'nalishlarida 500 nafarga yaqin sportchilar o'zaro kuch sinashishmoqda. 

Kecha O'zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Yuqori saviyada o'tgan tadbirda Sport vaziri o'rinbosari SHaxrullo Mahmudov, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov, O'zbek jang sanati federaciyasi raisi Po'lat Usmonov ishtirok etdi.  

Musobaqa 8 martga qadar davom etadi va sportchilar o'z vazn toifalarida "Jamoaviy kompleks mashq", "Jamoaviy ko'rgazmali chiqish" hamda "Assalom tong" singari yo'nalishlar bo'yicha kuch sinashishadi. 














Ilhom RAHMONOV tayyorladi


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ