"Inter Mayami" egasi Lionel Messining klubdagi yillik maoshini aytdi
7 MART, 2026, 10:00
"Inter Mayami" egasi Xorxe Mas Lionel Messi haqida fikr bildirdi va klubga jahon darajasidagi homiylar kerakligi sababini tushuntirdi."Menga homiylar kerak bo'lishining sababi — o'yinchilar qimmat. Men Messiga yiliga 60-70 million evro to'layman, barcha bonuslarni qo'shganda. Lekin u har bir tiyiniga arziydi", — degan Mas.
Argentinalik yulduz dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilar ro'yxatida ikkinchi o'rinni egallab turibdi, u faqat "Al Naccr hujumchisi Krishtianu Ronaldudan ortda bormoqda.
Messi 2023 yilda "Inter Mayami"ga o'tgan va shu vaqtdan beri klub uchun 90 ta o'yin o'tkazib, 79 ta gol urdi.

Manba: olamsport.com
