logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

RAF ligasi janjalga sabab Arman Carukyan bo'yicha o'z qarorini elon qildi

 6 MART, 2026, 15:16

Real American Freestyle (RAF) erkin kurash ligasi Arman Carukyanni yaqinda bo'lib o'tgan RAF 6 turnirida Jorjio Pullas bilan mushtlashganiga munosabat bildirdi.

Tashkilot asli armanistonlikning bu qilmishi uchun hech qanday sankciya qo'llashni rejalashtirmayapti va u bilan hamkorlikni davom ettirishga umid qilmoqda. Aynan Pullas avvalroq Carukyan u bilan revansh bellashuvini o'tkazmaguncha RAF`da boshqa gilamga chiqmasligini aytgan edi.

"Biz Arman Carukyanni chetlatmadik, - dedi RAF asoschilaridan biri CHad Bronshteyn MMA Fighting nashriga bergan intervyusida. - Arman har doim turnirlarimizda yaxshi chiqish qilardi. Biz u bilan hech qachon muammolarga duch kelmaganmiz va menimcha, bu holat raqib hamda ushbu jangning tajovuzkorligi tufayli yuzaga keldi".

Bronshteyn, shuningdek, Carukyan va Pullas RAF`ning navbatdagi tadbirlaridan birida revansh jangini o'tkazishiga ishonch bildirdi va yana bir ommaviy mushtlashuvga yo'l qo'ymaslik uchun barcha zarur xavfsizlik choralarini ko'rishga vada berdi.

Eslatib o'tamiz, 28 fevral kuni Arman Carukyan Jorjio Pullasni ochkolar bo'yicha 5:3 hisobida mag'lub etgandi. Jang davomida Pullas tajovuzkor holatda raqibiga zarbalar berdi va kamida bir marta uning ko'ziga barmoqlarini suqib oldi. Carukyan ham kamida bir marta Pullasning yuziga kafti bilan zarba berdi.

Bellashuv tugagani haqida sirena berilgach, Carukyan Pullasni yiqitib, jag'iga musht tushirdi, keyin tizzasi bilan yana bir zarba berdi. SHu payt ikkala kurashchi jamoasi azolari supaga sakrab chiqib, mushtlashuv uyushtirgan, uning videolari keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ