logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Grand Chess Tour: Abdusattorov va Sindarovga “wild card” berildi

 6 MART, 2026, 11:16

Grand Chess Tour - yil davomida dunyoning turli shaharlarida o'tkaziladigan nufuzli shaxmat turnirlaridan biri bo'lib, unda top grossmeysterlar ishtirok etadi.

Wild card — bu turnir tashkilotchilari tomonidan maxsus taklif asosida beriladigan yo'llanma bo'lib, u orqali shaxmatchi saralash bahslarisiz musobaqada qatnashish imkoniga ega chiqadi. 

Grand Chess Tour doirasidagi wild card egalari:

Super Rapid & Blitz Polsha (3-10 may) 

GM Javohir Sindarov (O'zbekiston)

GM Yan-Krishtof Duda (Polsha)

GM Hans Mok Niemann (AQSH)

GM Vladimir Fedoseev (Rossiya)

GM Radoslav Voytashek (Polsha)


Super Chess Classic Ruminiya (12-24 may)

GM Bogdan-Daniel Dik (Ruminiya)


Super Rapid & Blitz Xorvatiya (29 iyun — 6 iyul) 

GM Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) 

GM Ivan SHarich (Xorvatiya)

GM Bogdan-Daniel Dik (Ruminiya)


SHu tariqa, Grand Chess Tour musobaqalarida ikki o'zbekistonlik grossmeyster — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham wild card, yani imtiyozli yo'llanma asosida ishtirok etadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ