logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Yozda 51 yoshga to'ladigan CHusovitina Jahon Kubogining finaliga chiqdi

 6 MART, 2026, 10:00

Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan sport gimnastikasi bo'yicha Jahon Kubogining saralash bahslari bo'lib o'tdi.

Ayollar o'rtasidagi tayanib sakrash musobaqasida jahon sporti afsonasi Oksana CHusovitina ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. SHu yil iyun oyida 51 yoshga to'ladigan hamyurtimiz 13.049 ball bilan final bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

Jami sakkiz nafar ishtirokchi finalga yo'l olgan. Oksana CHusovitina ikki urinish yakunlariga ko'ra uchinchi natija bilan final chiptasini qo'lga kiritdi. Saralashda eng yaxshi natijani (13.549) rossiyalik Anna Kalmikova qayd etdi. Medallar uchun kechadigan final bahslari ertaga bo'lib o'tadi.       



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ