logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:25
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Tom Aspinall qaytganini elon qildi

 5 MART, 2026, 12:32

Og'ir vazn toifasida UFC chempioni, ko'z operaciyasidan so'ng tiklanayotgan Tom Aspinall oktagonga qaytishga tayyor.

"Ishga qaytyapman", - deb yozdi og'ir vaznli chempion o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Britaniyalik aralash yakkakurash ustasining bayonoti Siril Gan va Aleks Pereyra jang qilishi kutilayotgan vaqtinchalik chempionlik kamari haqidagi gap-so'zlar, shuningdek, sobiq divizion chempioni Jon Jons tashkilot bilan Oq uy turniriga qaytish bo'yicha muzokaralar olib borayotgani borasidagi xabarlar fonida yangradi.

Tom Aspinall o'tgan yilning oktyabr oyidan beri oktagonga chiqmagan. O'shanda birinchi raund oxirida Siril Gan barmoqlari bilan Tomning ko'ziga ikki bor zarba bergan va buning natijasida britaniyalik jangni davom ettira olmagan edi. Yozgacha vaqtinchalik kamarga egalik qilib kelgan britaniyalik Jon Jons faoliyatini yakunlaganini elon qilganidan keyin to'laqonli chempionga aylangandi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ