logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Prague Masters. Abdusattorov peshqadamga qarshi match o'tkazdi

 5 MART, 2026, 11:16

CHexiya poytaxti Praga shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha Prague International Chess Festival 2026 turnirida ettinchi tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Mazkur shaxmat festivali toifasiga qarab uchta guruhda tashkil etilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida o'zbekistonlik grossmeysterlar — Nodirbek Abdusattorov hamda Nodirbek Yakubboev ham bosh sovrin yo'lida bahs olib bormoqda va bu borada Abdusattorovning chempionlik imkoniyati yuqoriroq bo'lib turibdi.   


Ettinchi turda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda musobaqa peshqadami niderlandiyalik Yorden van Forestga qarshi bahs olib bordi va yakunda durang bilan kifoyalandi. Agar g'alaba qozonganida, turnir jadvalida peshqadamga aylanib olardi. Nodirbek Yakubboev esa bu turda qora donalarda hindistonlik Aravindh CHitambaram bilan muroaga keldi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Ettinchi turdan so'ng Yorden van Forest 5 ochko bilan hamon yakka peshqadamligini saqlab qoldi. Abdusattorov 4,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan. CHexiyalik David Navara hisobida ham 4,5 ochko bor. Bugun 8-turda Nodirbek qora donalarda aynan Navaraga qarshi bahs olib boradi. Uch ochko bilan 8-o'rinda borayotgan Yakubboev esa bugun oq donalarda eronlik Parham Maqsudlu bilan hisob-kitob qiladi.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ