logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL: «Arsenal» mehmonda «Brayton»ni mag'lub etib, etakchilikni mustahkamladi (Videosharh)

 5 MART, 2026, 07:00

Angliya chempionatining 29-turidan o'rin olgan bahsda «Arsenal» «Brayton» ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yin Braytondagi «Ameks» stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida hujumchi Bukayo Saka Yurrien Timberning uzatmasidan so'ng yagona golni kiritdi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Arsenal» 67 ochko jamg'arib, APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Brayton» esa 37 ochko bilan 12-pog'onada bormoqda.

Angliya Premer-ligasi. 29-tur
05.03.2026 | 00:30
«Falmer Stedium», Brayton

«BRAYTON» — «ARSENAL» — 0:1
Gol: Bukayo Saka 9’ (0:1).

«Brayton»: Verbryuggen, van Xekke, Boskali, Ferdi Kadioglu, Viffer (Veltman, 77), Baleba (Ayyari, 78), Gros, Xinshelvud (Uelbek, 69), Mitoma (Minte, 46), Gomes (Xauell, 77), Ryutter.

«Arsenal»: Rayya, Moskera (Kalafori, 64), Gabriel Magalyayns, Inkape, Timber, Subimendi (Nergor, 80), Rays, Eze, Martinelli (Trossar, 60), Saka, Dekeresh (Xaverts, 59).

Ogohlantirishlar: Moskera (11), Gomes (52), Boskali (80), Ferdi Kadioglu (82), Ayyari (90).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ