logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bundesliga: «Bayer» qoldirilgan o'yinda «Gamburg»ni mag'lub etib, 6-o'ringa ko'tarildi (Videosharh)

 5 MART, 2026, 06:34

Germaniya chempionatining qoldirilgan 17-tur bahsida «Bayer» «Gamburg» ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yin Gamburgdagi «Folkparkshtadion» stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 73-daqiqasida 19 yoshli hujumchi Kristian Kofane tomonidan kiritilgan yagona gol o'yin taqdirini hal qildi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Bayer» 43 ochko jamg'ardi va Bundesliga turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi. «Gamburg» esa 26 ochko bilan 11-pog'onada bormoqda.

Germaniya Bundesligasi. 17-tur
05.03.2026 | 00:30
«Folksparkshtadion», Gamburg

«GAMBURG» — «BAYER» — 0:1
Gol: Kofane 73’ (0:1).

«Gamburg»: Oyer Fernandesh, Vushkovich, Elfadli, Omari (Torunariga, 65), Vieyra, Remberg, Gocholeishvili, Djatta (Mikelbrensis, 29), Filipp (Dompe, 65), Kenigsderffer (Lokonga, 81), Dauns (Shtange, 65).

«Bayer»: Blasvix, Andrix, Tapsoba, Kuansa, Garsiya, Palasios, Grimaldo, Kalbret (Poku, 80), Terre (Tillman, 71), Maza (Fernandes, 90), Kofane.

Ogohlantirishlar: Garsiya (40), Palasios (90).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ