logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Italiya kubogi. «Latsio» va «Atalanta» o'rtasidagi g'olib Bergamoda aniqlanadi (Videosharh)

 5 MART, 2026, 06:00

Italiya Kubogi 1/2 finalining ilk uchrashuvida «Atalanta» «Latsio» bilan durang o'ynadi — 2:2. O'yin Rimdagi «Olimpiko» stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Nikola Krstovich gol urdi, biroq VAR ofsayd tufayli uni bekor qildi. Ikkinchi bo'lim boshida jamoalar gollar bilan almashishdi — Rim jamoasi safida Fisayo Dele-Bashiru, mehmonlardan esa Mario Pashalich o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. Bahsning 87-daqiqasida Bulaye Dia «Latsio»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo bergamoliklar uchrashuv so'nggida Yunus Musaning goli evaziga mag'lubiyatdan qutulib qolishga muvaffaq bo'lishdi.

Javob o'yini 22 aprel kuni Bergamoda bo'lib o'tadi.

Italiya Kubogi. 1/2 final
05.03.2026 | 01:00
«Olimpiko», Rim

«LATsIO» — «ATALANTA» — 2:2
Gollar: Fisayo Dele-Bashiru 47’ (1:0), Mario Pashalich 51’ (1:1), Bulaye Dia 87’ (2:1), Ibrahima Musa 89’ (2:2).

«Latsio»: Provedel, Romanoli, Xila, Nunu Tavaresh, Marushich, Kataldi, Teylor (Belayan, 83), Dele-Bashiru, Dzakkani (Noslin, 76), Isaksen (Kancheleri, 64), Maldini (Dia, 76).

«Atalanta»: Karnesekki, Xin, Kolashinats (Axanor, 76), Skalvini (Kossunu, 64), Pashalich, de Ron (Musa, 64), Bernaskoni, Dzappakosta, Samardjich (Sulemana, 76), Zalevski, Krstovich (Skamakka, 85).

Ogohlantirishlar: de Ron (23), Pashalich (69), Xin (90).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ