Pyotr Yan "Qizil maydon"da Nurmagomedovga qarshi jang qilishga tayyormi?
4 MART, 2026, 19:16
UFC chempioni Pyotr Yan "Qizil maydon"da bo'lishi mumkin bo'lgan UFC turnirida hamyurti Umar Nurmagomedovga qarshi jang qilishga tayyormi, degan savolga javob berdi.— Tasavvur qil, sen Umarga qarshi "Qizil maydon"da?
— Birodar, Rossiyada chempion bor. "Qizil maydon"da boshqa mamlakat vakili bilan jang bo'lishi kerak. SHunda u shov-shuvli va global bo'ladi. Bir mamlakatning ikki jangchisi to'qnashsa, u qadar katta miqyosda bo'lmaydi, deb o'ylayman. Baribir hammasi UFC rejalariga bog'liq. Mening fikrim shu, — dedi Yan.
Manba: olamsport.com
