logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Prague Masters». O'zbek derbisida durang qayd etildi (videosharh)

 4 MART, 2026, 12:34

Chexiya poytaxti Praga shahrida shaxmat bo'yicha «Prague Chess Festival» turniri davom etmoqda. Musobaqaning «Masters» guruhida ishtirok etayotgan o'zbekistonlik ikki shaxmatchi — Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboev kecha 6-tur doirasida o'zaro to'qnash kelishdi.

Bahs davomida vaziyat mutlaqo tengligicha saqlanib turdi. 47-yurishga kelib musobaqa hakami yurishlar 3 marta takrorlanganini qayd etdi va tomonlar durangga imzo chekishdi.

Nodirbek Abdusattorov ushbu durangdan keyin o'z ochkolarini 4 taga etkazdi va musobaqada 2-o'rinni egallab turibdi. Niderlandiyalik Yorden van Forest 4,5 ochko bilan peshqadamlikni qo'lga olgan. Abdusattorov bugun aynan van Forestga qarshi dona suradi.

Nodirbek Yoqubboev esa 2,5 ochko bilan 8-o'rinni egallab turibdi. U bugun hindistonlik Aravind Chitambaramga qarshi qora donalarda o'ynadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ