logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Bir qator sportchi va murabbiylar Davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

 4 MART, 2026, 12:16

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to'g'risida"gi Farmoniga muvofiq, sportchi va murabbiylar mukofotlandi.

"Sog'lom turmush" medali bilan

Boboeva Yuliya Leonidovna

Namangan viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining suzish bo'yicha murabbiysi, oliy toifali murabbiy, "Sport ustasi" unvoni sohibi, faoliyati davomida 100 nafardan ortiq shogirdlar tayyorlagan;

Xalikova Xurshida Narzullaevna

Samarqand viloyati yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining dzyudo bo'yicha murabbiysi, dzyudo bo'yicha oliy toifali murabbiy, Olimpiya o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan Diyora Keldiyorovaning birinchi ustozi

"Kelajak bunyodkori" medali bilan

Muxtorova Madina Inomjon qizi

Para engil atletika sport turi bo'yicha O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi azosi, Dubay shahrida bo'lib o'tgan V yoshlar Paraosiyo o'yinlarida 2 ta oltin va 1 ta bronza medallarni qo'lga kiritgan.



Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi:

Haydarova Laziza Nabijon qizi

Dzyudo bo'yicha O'zbekiston miliy terma jamoa azosi, 2025 yilda o'tkazilgan Butunjahon yozgi Universiada oyinlari va Jahon chempionatida 3-o'rinni, Osiyo chempionatida 1-o'rinni qo'lga kiritgan, Navoiy davlat universiteti 2-bosqich talabasi;

Ismoilova Gulshanoy SHuhrat qizi

Taekvondo WT sport turi bo'yicha 3 karra O'zbekiston chempioni, yoshlar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo va Jahon chempionatlari sovrindori, O'zbekiston Milliy universiteti 1-bosqich talabasi;

Mamedova Amaliya Parvizovna

Badiiy gimnastika sport turi bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi, 2025 yilda badiiy gimnastika sport turi bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston va Osiyo chempionatlarida 1-o'rinni qo'lga kiritgan, Samarqand shahar 33-son maktab 11-sinf o'quvchisi;

Saranceva Anastasiya Olegovna

Badiiy gimnastika sport turi bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi, 2025 yilda badiiy gimnastika sport turi bo'yicha o'tkazilgan O'zbekiston va Osiyo chempionatlarida 1-o'rinni qo'lga kiritgan, Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani 208-son maktab 11-sinf o'quvchisi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ