Xokkeychilarimiz U-18 Jahon chempionatini yirik g'alaba bilan boshlashdi, bugun Yangi Zelandiya bilan o'yin o'tkaziladi
3 MART, 2026, 14:16
Gongkongda xokkey bo'yicha U-18 yosh toifasidagi Jahon chempionati start oldi.Vakillarimiz kecha III A divizionining ilk bellashuvida mezbon Gongkongga qarshi muzga chiqib, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Bugun xokkeychilarimizni Yangi Zelandiyaga qarshi o'yin kutib turibdi. Bellashuv 13:30 da boshlanadi.
Malumot uchun, O'zbekistonga guruh doirasida Gongkong, Yangi Zelandiya, Turkiya, Bolgariya hamda Isroil terma jamoalari raqiblik qiladi.

Manba: olamsport.com
