logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

BNP Paribas Open. Bugun finalda "o'zbek derbisi" bo'lib o'tadi

 3 MART, 2026, 12:16

AQSHning Indian-Uells shahri WTA 1000 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 9 million 415 ming 725 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirga mezbonlik qilmoqda.

Xabar berganimizdek, ushbu nufuzli turnirda mamlakatimizning birinchi va uchinchi raketkalari Kamilla Rahimova hamda Mariya Timofeeva ham muvaffaqiyatli start olgandi. Ikkala tennischimiz ham raqibalarini ortiqcha qiyinchiliksiz, bir xil - 6/2, 6/2 hisoblarida mag'lub etishgan edi.

Qizig'i, bugun asosiy to'rga yo'llanma beruvchi saralash turnirining final uchrashuvida ular bir-birlariga qarshi kortga chiqishadi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan soat 23:00da boshlanadi. Bu tennischilarimizning o'zaro o'tkazadigan ikkinchi uchrashuvi bo'ladi. Ular ishtirokidagi ilk bahs 2024 yilning 24 avgustida AQSHdagi turnirda bo'lib o'tgan va unda Rahimova 6/3, 6/0 hisobida g'alaba qozongandi.  

Taqqoslash uchun, Kamilla Rahimova ayni paytda dunyoning 88-raketkasi bo'lib turibdi. Mariya Timofeeva esa WTA reytingida 156-pog'onadan joy olgan. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ