Iliya Topuriya: "Pimblettni nokaut qiladigan birinchi sportchi bo'lmoqchiman"
3 MART, 2026, 11:00
UFC chempioni Iliya Topuriya nima uchun reytingda oltinchi o'rindagi angliyalik Peddi Pimblettga qarshi jang qiziq ekanini tushuntirdi."Peddini nokaut qilgan birinchi jangchi bo'lishni juda istayman. Har doim aytganman: agar boshqalar buni qilmagan bo'lsa — men birinchi bo'laman. Agar kimdir qilgan bo'lsa ham — men ham qila olaman", — dedi Topuriya Adin Ross strimida.
Manba: olamsport.com
