logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Taniqli insayder SHahram G'iyosov va Bektemir Meliqo'zievga oid yaxshi xabarlar borligini malum qildi

 2 MART, 2026, 15:00

Amerikalik boks insayderi Den Rafael o'zining X (Twitter) sahifasida o'zbekistonlik professional bokschilar SHahram G'iyosov va Bektemir Meliqo'ziev bilan bog'liq malumotlarni chop etdi.

"WBA tashkilotining menga malum qilishicha, Floyd Skofild va Lukas Badi o'rtasidagi chempionlik jangi bekor qilinadi. Rolli Romero-SHahram G'iyosov o'rtasidagi yarim o'rta toifasidagi titul jangi uchun majburiy davo belgilanadi. Bundan tashqari, super o'rta vazn toifasidagi chempion Armando Resendisning Bektemir Meliqo'zievga qarshi jang qilish majburiyatiga buyruq beriladi", deb yozgan Rafael o'z sahifasida.

Aniqroq qilsak, WBA tashkiloti SHahram G'iyosovning Rolando Romero bilan chempionlik jangi uchun kimoshdi savdosini o'tkazadi. Bektemir Meliqo'ziev esa majburiy davogar sifatida Armando Resendis bilan titul bahsini o'tkazishi uchun rasmiy buyruq beriladi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ