Kamilla Rahimova BNP Paribas Open turniridagi yurishini boshladi
2 MART, 2026, 12:16
Mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova WTA 1000 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 9 million 415 ming 725 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirda o'z omadini sinab ko'rmoqda.AQSHning Indian-Uells shahri mezbonlik qilayotgan nufuzli turnirning saralash bahslarida qatnashayotgan vakilamiz 1/2 finalda argentinalik Karl Mariya-Lurdesga qarshi kortga chiqdi. To'qson ikki daqiqa davom etgan uchrashuvda Rahimova ortiqcha qiyinchiliksiz g'alaba qozondi - 6/2, 6/2.
Taqqoslash uchun, Rahimova ayni paytda dunyoning 92-raketkasi bo'lib turibdi. Mariya-Lurdes esa WTA reytingida 157-pog'onadan joy olgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. 2024 yil Italiyada o'tgan lk bahsda ham Kamilla zafar quchgandi.

Manba: olamsport.com
