Dzyudo. Ernazar Sarsenbaev Toshkentdagi "Katta Dubulg'a" turnirini kumush medal bilan yakunladi
1 MART, 2026, 18:32
Toshkent shahrida dzyudo bo'yicha nufuzli "Katta Dubulg'a" turniri o'z yakuniga etib bormoqda.Musobaqada -100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Ernazar Sarsenbaev finalda Bahrayn sharafini himoya qilayotgan Said Sadrudinovga qarshi gilamga chiqdi va afsuski so'nggi soniyalarda imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHu tariqa, hamyurtimiz turnirni kumush medal bilan yakunladi.
Malumot uchun, Sarsenbaev finalga qadar Ozarbayjon, SHveycariya, Ukraina va Niderlandiya vakillaridan ustun kelgandi.
Manba: olamsport.com
