logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Don King Sela, WBA va The Ring kompaniyalarini sudga berdi

 1 MART, 2026, 07:48

94 yoshli promouter Don King The Ring, Sela kompaniyasi, Butunjahon boks associaciyasi (WBA) va og'ir vaznli bokschi Maykl Xanterga qarshi sudga davo arizasi kiritdi.

Davogarning aytishicha, Xanterning Jarrell Miller bilan jangini tashkil etish Mayklning King kompaniyasi (DKP) bilan eksklyuziv shartnomasini buzgan. Jang o'tgan yilning 11 sentyabr kuni Las-Vegasda Saul Alvares - Terens Krouford megafayt haftaligi doirasida o'tkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq DKPning aralashuvi tashkilotchilarning niyatini buzgandi.

King hozirda 50 ming dollardan ortiq tovon puli talab qilmoqda, shuningdek, Xanterning boshqa boks shoularida ishtirok etishiga sud tomonidan taqiq qo'yilishiga erishmoqchi.

Avvalroq Sela kompaniyasiga qarshi yirik (1 milliard dollarlik) davoni promouterlik olamining yana bir oqsoqoli britaniyalik Frenk Uorren kiritgandi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ