logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Vinisius "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin

 28 FEVRAL, 2026, 20:48

"Manchester Siti" "Real"ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Inglizlar hujumchiga madridliklarga qaraganda yaxshiroq shartnoma shartlarini taklif qilishga tayyor, chunki "qaymoqranglilar" maosh chegarasi bilan cheklangan.

Qayd etilishicha, "Manchester Siti" Vinisiusni "Real" bilan shartnomani uzaytirmaslikka ko'ndirmoqchi. Amaldagi bitim 2027 yilning yozida tugaydi.

Vinisius Junior "Flamengo"dan 2018 yildan beri "Real"da o'ynab kelmoqda. Bu mavsumda hujumchi klub safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ