Usik Verxuvenga qarshi boks jangi anonsiga munosabat bildirdi
28 FEVRAL, 2026, 17:32
Superog'ir vaznda jahon chempioni Aleksandr Usik kikbokschi Riko Verxuvenga qarshi boks jangining elon qilinishiga munosabat bildirdi."O'z sportida eng yuqori cho'qqilarga chiqqan insonlarni chin dildan hurmat qilaman. Riko — shulardan biri, u kuchli sportchi va buyuk chempion. CHempionlik — faqat kamar emas, balki yillar davomidagi mehnat, intizom va o'zingga ishonch. Men uning yo'lini hurmat qilaman — u kikboksingning haqiqiy qiroli. Ammo bu boks — boshqa o'yin, o'z qoidalari va o'z qirollari bor. Men tayyorman va u bilan ringda uchrashishni sabrsizlik bilan kutyapman. Bu ikkimiz uchun ham noyob tajriba bo'ladi, muxlislar ham katta kechani kutmoqda", — dedi Usik The Ring nashriga.
Manba: olamsport.com
