logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Prague Masters. Abdusattorov hamon peshqadam, Yakubboev ham

 28 FEVRAL, 2026, 09:00

CHexiya poytaxti Praga shahri mezbonlik qilayotgan shaxmat bo'yicha Prague International Chess Festival 2026 turnirida uchinchi tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Mazkur shaxmat festivali toifasiga qarab uchta guruhda tashkil etilmoqda. Kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhida o'zbekistonlik grossmeysterlar — Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboev ham bosh sovrin yo'lida muvaffaqiyatli odimlamoqda. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Kecha o'tkazilgan uchinchi turda ham grossmeysterlarimiz raqiblari bilan durangga imzo chekishdi. Abdusattorov oq donalarda germaniyalik Vinsent Keymer bilan, Yakubboev esa amerikalik Hans Mok Niemann bilan murosaga kelgan. Har ikki raqib ham reytingda shaxmatchilarimizdan yuqori o'rinlarni egallab turibdi. 

Prague Masters 3-turida amaldagi jahon chempioni hindistonlik Gukesh Dommaradju niderlandiyalik Yorden vag Forestga yutqazib qo'ydi. Ispaniyalik Devid Anton chexiyalik Devid Navara bilan durang o'ynadi. Hindistonlik Aravindh CHitambaram esa eronlik Parham Maqsudluga qarshi kechgan bahsda durangga rozi bo'ldi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Uchinchi turdan so'ng turnir jadvalida Nodirbek Abdusattorov 2 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamligini saqlab qoldi. Ikki ochkoga ega Nodirbek Yakubboev esa uchinchi o'rinni band etgan. Yorden van Forest kechagi g'alabasi evaziga ikki ochko bilan qo'shimcha koeficentlarga ko'ra ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 

To'rtinchi turda Nodirbek Abdusattorov qora donalarda ispaniyalik David Antonga, Nodirbek Yakubboev esa oq donalarda niderlandiyalik Yorden van Forestga qarshi o'ynaydi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ