Sablyachi qizlarimiz Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor bo'lishdi
27 FEVRAL, 2026, 12:48
Indoneziyada qilichbozlik bo'yicha yoshlar o'rtasidagi qita birinchiligi davom etadi.Jamoaviy dasturda o'tkazilayotgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz navbatdagi kumush medalni qo'lga kiritishdi.
Sablya bo'yicha qizlar o'rtasida kechgan bahslarda yurtdoshlarimiz saralashda Avstraliya va Qozog'iston vakillarini mag'lubiyatga uchratishdi.
Biroq finalda xitoylik sportchilarga imkoniyatni boy berib, kumush medalga ega chiqishdi.

Manba: olamsport.com
