"Real" shov-shuvli transfer tayyorlamoqda
27 FEVRAL, 2026, 07:16
Kelasi yozda Evropa transfer bozorida eng sensacion kelishuvlardan biri pishib etilish arafasida."Cadena SER" malumotlariga ko'ra, "Real" PSJ yarim himoyachisi Vitinyani transfer qilish uchun faol tayyorgarlikni boshlagan. "Qirollik klubi" portugaliyalik pleymeykerni markazdagi chiziq uchun ideal kuchaytirish deb hisoblamoqda va uni qo'lga kiritish uchun katta moliyaviy sarmoya kiritishga tayyor.
comhttps://championat.asia/upl ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">
Vaziyat malum kelishuvlar tufayli biroz osonlashadi. Aytilishicha, Vitinya PSJ rahbariyati bilan kelishib olgan: agar klub taxminan 100 mln evro atrofida taklif olsa, parijliklar uning ketishiga to'sqinlik qilmaydi.
Malum qilinishicha, Vitinya Luis Enrike taktik sxemasida muhim o'rin tutsa-da, moliyaviy shartlar bajarilsa, PSJ uni sotish variantini ko'rib chiqishga tayyor.
Qayd etish joiz, portugaliyalik yarim himoyachi bu mavsum parijliklar tarkibida 35 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.
Manba: olamsport.com
