“Stranja”. Bugun 12 nafar bokschimiz 1/8 va 1/4 final janglarida ringga chiqadi
26 FEVRAL, 2026, 12:32
Bolgariya poytaxti Sofiya shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha kichik jahon chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirdi.Bugun musobaqa doirasida qizlar chorak finalda, yigitlar esa nimchorak final bahslarida ishtirok etadi. Kun davomida 12 nafar bokschimizga muxlislik qilamiz. Bugun ham ikki juftlikda o'zbek-qozoq boks qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz.
Juftliklar bilan tanishing:
-48 kg: Farzona Fozilova - Nurselen Yalgettekin (Turkiya) 17:00 B ring.
-48 kg: Sabina Boboqulova - Anel Kudaibergen (Qozog'iston) 17:15 A ring.
-51 kg: Feruza Kazakova - Maxi Klotzer (Germaniya) 17:15 B ring.
-70 kg: SHavkatjon Boltaev - Josiel Lima da Silva (Braziliya) 18:30 B ring.
-65 kg: Abdulloh Madaminov -Dean Klansi (Irlandiya) 19:30 A ring.
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Niam Fay (Irlandiya) 21:00 B ring.
-57 kg: Nigina O'ktamova - Karina Vovk (Ukraina) 21:15 B ring.
-60 kg: Sitora Turdibekova - Namuun Monkor (Mo'g'uliston) 21:30 B ring.
-65 kg: Navbahor Hamidova - Berfin Kabak (Turkiya) 22:15 A ring.
-75 kg: Aziza Zokirova - Melissa Gemini (Italiya) 23:15 B ring.
+80 kg: Sobiraxon SHahobiddinova - Valeriya Axenova (Qozog'iston) 23:30 A ring.
+80 kg: Oltinoy Sotimboeva - Maria Lochinska (Ukraina) 23:30 B ring.
comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">
Manba: olamsport.com
