logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kamilla Rahimova dunyoning 76-raketkasiga qarshi kortga chiqdi

 26 FEVRAL, 2026, 09:00

O'zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova AQSHning Ostin shahrida tashkil etilayotgan turnirdagi ishtirokini chiroyli g'alaba bilan boshlagandi.

Vakilamiz WTA 250 toifasiga kiruvchi ushbu turnirning birinchi bosqichida dunyoning 65-raketkasi, musobaqada 6-raqam ostida tasniflangan vengriyalik Anna Bondarni 6/3, 7/5 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.

Afsuski, Rahimova 1/8 finalda WTA reytingida 76-pog'onada borayotgan rossiyalik Oksana Selexmetevaga imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunladi. To'qson olti daqiqa davom etgan bahsda Selexmeteva 6/2, 7/5 hisobida zafar quchdi.   

Taqqoslash uchun, 24 yoshli Kamilla Rahimova WTA reytingida 92-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan to'rtinchi uchrashuvi bo'ldi - 2:2. Kamilla 1, Oksana 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar ham, breyklar ham mos ravishda 1 ga va 3 ga 6 nisbatida Selexmeteva foydasiga bo'ldi.  



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ