logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Dzyudochilarimizga oq fotiha berildi

 26 FEVRAL, 2026, 08:16

Ertaga muhim va shu bilan birga masuliyati, vatandoshlarimiz ko'z o'ngida o'tadigan Tashkent Grand Slam turniri start oladi.

O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov yana bir bor terma jamoamiz azolari bilan uchrashdi. Har bir dzyudochi bilan alohida suhbat qurildi. Murabbiylar sportchilarimizning jismoniy va ruhiy tayyorgarliklari haqida batafsil malumot berishdi. 

Uchrashuvda Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova ham ishtirok etdi va dzyudochilarga o'z tavsiyalarini berdi. Tadbir so'nggida ahli ilmlarimiz Vatan shanini himoya qilishga shay bo'lib turgan dzyudochilarimizni duo qilishdi. Biz ham o'z o'rnida Muqaddas oyda tatamiga chiqadigan terma jamoamizning har bir azosiga g'alaba va omad yor bo'lsin deymiz.

Dzyudochilarimizni qo'llab-quvvatlang! Sizlarni "Humo Arena"da kutamiz. Kirish mutlaqo bepul. Olg'a, O'zbekiston!




































Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ