logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Stranja" turnirining uchinchi kuni o'zbek derbisi kuzatildi. Og'ir vaznli bokschimizda mag'lubiyat

 26 FEVRAL, 2026, 07:32

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo'yicha kichik jahon chempionatiga qiyoslanadigan nufuzli "Stranaja" ananaviy xalqaro turniri davom etmoqda.

Musobaqaning ikkinchi kungi bellashuvlarida 9 nafar charm qo'lqop ustamiz ringga ko'tarildi. Ulardan ikki nafari mag'lub bo'lib, turnirdagi ishtirokini yakunladi. -60 kg vaznda o'zbek derbisi kuzatildi. Qura hamyurtlarimiz Sitora Turdibekova va Mushtariybonu Ibrohimjonovani ilk raunddayoq bir-birlariga ro'baro' qildi. Uchinchi raundda jang to'xtatildi va texnik g'alaba tajribali Turdibekovaga berildi. 

Og'ir vazn toifasidagi bokschimiz Arman Maxanov esa afsuski, angliyalik ????????????????????????Damar Tomasga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 2025 yilning eng yaxshi ayol sportchisi Navbahor Hamidova jangsiz keyingi bosqichga yo'l oldi. Uning qozog'istonlik raqibasi Arujan Jangabaeva ringga chiqmadi. 


Kechagi jang natijalari:

-51 kg: Feruza Kazakova - Jazira Urakbaeva (Qozog'iston) 5:0

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Serkuera Romeu (Braziliya) 3:2

-57 kg: Nigina O'ktamova - ????????Elise Glinn (Angliya) 4:1

-60 kg: Sitora Turdibekova - Mushtariybonu Ibrohimjonova. Uchinchi raundda jang to'xtatildi. Turdibekovada g'alaba.

-65 kg: Navbahor Hamidova - Arujan Jangabaeva (Qozog'iston) texnik g'alaba

-80 kg: Javohir Ummataliev - Santos Dos Belini (Braziliya) 4:0

+90 kg: Arman Maxanov - ????????????????????????Damar Tomas (Angliya) 0:5

+90 kg: Ozodbek Aliev - Dovlet Islamov (Turkmaniston) 5:0



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ