logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

OFK klublar reytingini yangiladi. O'zbekiston kuchli o'nlikda

 25 FEVRAL, 2026, 14:00

Osiyo futbol konfederaciyasi (OFK) erkaklar klublari o'rtasidagi musobaqalarning 2025/2026 yilgi mavsum o'rtalaridagi reytingini (Mid-Season Ranking) elon qildi.

O'zbekistonning o'rni qanday?

Yangilangan reytingda O'zbekiston 46.6 ball bilan 10-o'rinni band etgan. Etiborlisi, 9-pog'onada borayotgan Avstraliya hisobida ham aynan 46.6 ball mavjud. Vakillarimizning xalqaro maydondagi, xususan, "Neftchi" va "Paxtakor"ning turnirlaridagi ishtiroki kelgusida bu ko'rsatkichni yanada yaxshilashga xizmat qilishi mumkin.

Osiyoning eng kuchli 10 ta mamlakati:

Saudiya Arabistoni — 122 ball

Yaponiya — 109 ball

Janubiy Koreya — 85.5 ball

BAA — 74.2 ball

Eron — 68.9 ball

Qatar — 64.5 ball

Tailand — 58.7 ball

Xitoy — 49.4 ball

Avstraliya — 46.6 ball

O'zbekiston — 46.6 ball

Mintaqamizdagi vaziyat:

Markaziy Osiyo davlatlari orasida O'zbekiston peshqadamlik qilmoqda. Qo'shnilarimizdan Turkmaniston 19-o'rinda (25.8 ball), Tojikiston 23-o'rinda (21.6 ball) hamda Qirg'iziston 26-o'rinda (19.3 ball) qayd etilgan.



comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">



comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fic fr-dii">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ