logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Stranja" turnirining ikkinchi kuni to'rtta yo'qotish, To'rabek raqibini nokaut qildi

 25 FEVRAL, 2026, 10:00

Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo'yicha kichik jahon chempionatiga qiyoslanadigan nufuzli "Stranaja" ananaviy xalqaro turniri davom etmoqda.

Musobaqaning ikkinchi kungi bellashuvlarida 10 nafar charm qo'lqop ustamiz ringga ko'tarildi. Ulardan olti nafari g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Afsuski, to'rt bokschimiz mag'lubiyatga uchrab, xalqaro turnir bilan xayrlashdi. 

Gulsevar G'anieva germaniyalik, Uzukjamol Yunusova turkiyalik, Oysha Toirova avstraliyalik, Abdulaziz Abdunazarov qozog'istonlik bokschiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Asosan qizlarimiz mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi.  

-65 kg vazn toifasidagi vakilimiz Abdulloh Madaminov qozog'istonlik Abdigalim Abdikarimni yaqqol ustunlik (5:0) bilan taslim etdi. -90 kg vazndagi bokschimiz To'rabek Xabibullaev angliyalik Teang Stottni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi. 


Ikkinchi kun natijalari:

-51 kg: Gulsevar G'anieva - Maxi Klotzer (Germaniya) 0:5

-51 kg: Feruza Kazakova - Jeniffer Lozano (AQSH) 4:1

-54 kg: Uzukjamol Yunusova - Aysen Taskin (Turkiya) 0:5

-70 kg: Oysha Toirova - Lekeisha Pergoliti (Avstraliya) 0:5

-55 kg: Abdulaziz Abdunazarov - Baglan Kenjibek (Qozog'iston) 0:5

-55 kg: Samandar Olimov - Ali El Sari (Germaniya) 5:0

-85 kg: Akmaljon Isroilov - Natan Ojo (Irlandiya) 5:0

-65 kg: Abdulloh Madaminov - Abdigalim Abdikarim (Qozog'iston) 5:0

-85 kg: Norbek Abdullaev - Matei Nastasius (Ruminiya) 5:0

-90 kg: To'rabek Xabibullaev - ????????????????????????Teagn Stott (Angliya) ikkinchi raundda texnik nokaut

-90 kg: Samir Sobirov - Vitaliy Valter (Germaniya) 5:0



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ