logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Javohir Sindarov yana bir bor Magnus Karlsenni mag'lub etdi

 25 FEVRAL, 2026, 07:48

Har haftaning seshanba oqshomida shess.com plaftormasida dunyoning kuchli grossmeysterlari ishtirokida Titled Tuesday onlayn blic turniri o'tkaziladi.

Musobaqada faqat rasmiy shaxmat unvoniga (GM, IM, FM va boshqalar) shaxmatchilar ishtirok etadi. Turnir formati shveycarcha tizimda 11 raunddan iborat bo'lib, har bir partiya 5 daqiqa vaqt nazorati bilan o'ynaladi. 

Kechagi turnirda hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi natijani Javohir Sindarov qayd etdi. Grossmeysterimiz 5-turgacha yuz foizlik natija bilan peshqadamlik qildi. Ammo keyin vaqti tushib ketganligi uchun ikki mag'lubiyatni qabul qilib oldi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

SHunga qaramay, so'nggi turlarni o'z foydasiga hal qilib, 11 imkoniyatdan 9 ochko to'pladi. Oxirgi turda hatto qora donalarda o'ynaganiga qaramay, jahon tojdori Magnus Karlsenni ham mag'lub etishni uddaladi. Javohir faqat qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 6-o'rinni egalladi. Sovrinli uchinchi o'rinni band etgan Denis Lazovik ham Sindarov singari 9 ochko jamg'ardi. Turnir chempionligi 9,5 ochko to'plagan franciyalik Maksim Vashe-Lagravga nasib etdi. SHuncha ochkoga ega polshalik Yan-Krishtof Duda esa ikkinchi pog'onadan joy oldi. 

Eslatib o'tamiz, Javohir Sindarov ikki hafta avval ushbu turnirda 9,5 ochko jamg'arib, chempionlikni qo'lga kiritgandi. O'shanda u Yan Nepomnyanshiy, Vladislav Artemev, Maksim Vashe-Lagrav singari taniqli raqiblarini taslim etgandi. Javohir yanvar oyida ham Titled Tuesday turnirida tengsiz bo'lgan edi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ