logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Saralash orqali asosiy to'rga chiqqan Timofeeva 57-raketkaga munosib qarshilik ko'rsatdi

 25 FEVRAL, 2026, 07:16

Meksikaning Yukatan shtati Merida shahri tennis bo'yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi turnirga mezbonlik qilmoqda.

Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Mariya Timofeeva musobaqaning saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, asosiy to'rga yo'llanma olgan edi. U saralashning 1/2 finalida argentinalik Martina Taborda Kapurroni 6/4, 6/1, final bahsida esa yana bir argentinalik tennischi Mariya Lurdes Karlni 6/3, 6/3 hisobida taslim etgandi. 

Biroz avval yakuniga etgan asosiy to'rning 1/16 final bosqichida vakilamiz polshalik Magdalena Frenxga qarshi kortga chiqdi. Frenx ayni paytda dunyoning 57-raketkasi bo'lib turibdi. Ikki soatu 16 daqiqa davom etgan uchrashuvda tajriba o'z so'zini aytdi. Magdalena 6/4, 7/6(6) hisobida qiyinchilik bilan g'alaba qozonib, 1/8 finalga yo'l oldi.   

Taqqoslash uchun, Timofeeva WTA reytingida 154-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. Ikki yil avval Qatarda o'tgan ilk to'qnashuvda polshalik tennischi uch set natijasiga ko'ra ustun kelgan edi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ