logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Donald Tramp UFC jangchisiga yordam beradi

 24 FEVRAL, 2026, 16:16

AQSH prezidenti Donald Tramp ketma-ket uchta jangini birinchi raunddayoq nokaut bilan yakunlagan serbiyalik UFC jangchisi Urosh Medichga yordam berishini aytdi.

Gap shundaki, Medich Xyustondagi UFC Fight Night 267 turnirida qo'lga kiritgan g'alabasidan so'ng AQSH prezidenti uning immigraciya muammolarini hal qilishga vada berdi.

Birinchi raundda Jeff Nilni nokautga uchratgan Medich jangdan keyingi intervyusida sobiq chempion Leon Edvardsni jangga chaqirdi va ular shu yozda Belgradda bo'lib o'tadigan turnirda jang qilishlari bo'yicha taklif berdi. 

"Ammo bitta kichik muammo bor. Immigrantlar mening hujjatlarimni ushlab turishadi va bu tufayli men sayohat qila olmayman. SHuning uchun men sizdan yordam so'rayman: Janob Prezident, agar buni ko'rsangiz, iltimos, biz shu yozda Serbiyaning Belgrad shahriga UFC turniriga borishimiz kerak", deya aytib o'tgan sportchi.

Medich keyinchalik aytib o'tganidek, Dana Uayt tez orada uni o'z ofisiga taklif qilgan va Tramp bilan telefon orqali suhbatlashish imkoniyatini bergan. Donald Tramp esa serbiyalik jangchini uning muammosi hal qilinishiga ishontirgan.

Medichning so'zlariga ko'ra, u ish vizasini olganidan beri so'nggi besh yil davomida Qo'shma SHtatlarda yashab kelgan va shu vaqt ichida mamlakatni tark etmagan, chunki unga qaytib kirishga ruxsat berilmasligidan qo'rqqan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ