logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Nodirbek Abdusattorov murabbiyini almashtirdi

 24 FEVRAL, 2026, 12:48

Dunyo reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan Nodirbek Abdusattorov kuzgi muvaffaqiyatsiz turnirlardan keyin qanday qilib formaga qaytgani haqida gapirdi.

— Hammasi faqat shaxmatchining o'ziga bog'liq emas. Atrofingdagi odamlar ham katta rol o'ynaydi. Murabbiylarni almashtirish qarori o'yinimga ijobiy tasir qildi. Samarqanddagi Grand Swiss turniridan keyin murabbiyimni o'zgartirdim. Oldin Rustam Qosimjonov bilan ishlardim, hozir esa u milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga o'tdi. Olimpiadada jamoamiz sardori bo'ladi. Endi menda bitta emas, ikkita murabbiy bor. Lekin ularning ismini ayta olmayman. Ular Jahon kubogida bunchalik yomon o'ynashimni kutishmagan edi. O'zimga bir muddat natijaga haddan tashqari bog'lanmaslikni aytdim. Nomzodlar turniriga chiqish imkoniyatim yo'qolgach, shaxmatni natija uchun emas, zavq uchun o'ynay boshladim", dedi Abdusattorov.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ