Kamilla Rahimova dunyoning 65-raketkasini mag'lub etdi (VIDEO)
24 FEVRAL, 2026, 11:00
O'zbekistonning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova AQSHning Ostin shahrida tashkil etilayotgan turnirdagi ishtirokini chiroyli g'alaba bilan boshladi.Vakilamiz WTA 250 toifasiga kiruvchi ushbu turnirning birinchi bosqichida dunyoning 65-raketkasi, musobaqada 6-raqam ostida tasniflangan vengriyalik Anna Bondarga qarshi kortga chiqdi. To'qson besh daqiqa davom etgan bahsda Rahimova 6/3, 7/5 hisobida g'alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, 24 yoshli Kamilla Rahimova WTA reytingida 92-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Bondarga 9 ta eys zarbasi ham yordam bera olmadi. Kamilla bu borada eys ijro eta olmadi. Endi Rahimova 1/8 finalda WTA reytingida 76-pog'onada borayotgan rossiyalik Oksana Selexmetevaga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs ertaga bizning vaqt bilan soat 21:00da boshlanadi.
Manba: olamsport.com
