logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Nodirbek Abdusattorov: “Nomzodlar turnirida eng katta imkoniyat - unda!”

 23 FEVRAL, 2026, 18:16

FIDE Candidates 2026 haqida fikr bildirar ekan, o'zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov favorit sifatida Fabiano Karuanani ko'rsatdi.

Jahon chempionligi o'yini ehtimoli haqida gap ketganda ham Nodirbek Karuanaga ustunlik berdi:

"Taxminan 60/40 Fabi foydasiga. Gukeshning ham u bilan yaxshi natijalari bor, lekin baribir Fabining imkoniyati balandroq".

Nodirbekning takidlashicha, Nomzodlar turniri Karuana uchun hal qiluvchi bosqich:

"Bu juda katta to'siq. Agar u shu bosqichdan o'tsa, ishonchi yanada oshadi va matchda juda jiddiy raqibga aylanadi".

U shuningdek, Pragnanandxa va Javohir Sindarovning ham yaxshi imkoniyatlari borligini aytdi. Agar ikkisidan faqat birini tanlash kerak bo'lsa, Nodirbek ustunlikni Javohirga beradi.

- Agar Javohir Nomzodlar turnirini yutib, sizdan Jahon chempionligi matchida yordam berishni so'rasa, rozi bo'larmidingiz?

"Ha, albatta", dedi Abdusattorov.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ