"Unda qo'rquv bor". Garsiya - Xeyni bilan revansh ehtimoli haqida gapirdi
23 FEVRAL, 2026, 16:16
Boks bo'yicha jahon chempioni Rayan Garsiya kecha Mario Barrios ustidan qozongan g'alabasidan so'ng Devin Xeyni bilan ehtimoliy revansh haqidagi savolga javob berdi."Devin buni istamaydi. U dahshatda. Unda birinchi jangdan keyin qo'rquv bor", — dedi Garsiya.
Eslatib o'tamiz, Garsiya va Xeyni 2024 yil 20 aprel kuni mojaroli jang o'tkazgan. Unda Garsiya chempionni uch marta nokdaunga uchratib, hakamlar qarori bilan g'alaba qozongan. Biroq Garsiyaning doping-testi ijobiy chiqqanidan so'ng natija bekor qilingan va u diskvalifikaciya qilingan. Bu esa Xeyni tomonidan sud davolariga sabab bo'lgan.
Manba: olamsport.com
