logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Konor Makgregor UFC’dagi navbatdagi raqibi haqida post qoldirdi

 23 FEVRAL, 2026, 07:32

Yarim engil (66 kg gacha) va engil (70 kg gacha) vaznda sobiq UFC chempioni irlandiyalik 37 yoshli Konor Makgregor promoushendagi navbatdagi jangi haqida gapirdi.

"Men uchun keyingisi nomalum yigit bo'lishi mumkin. O'zingiz bilasiz, menga baribir. Men roziman. SHartnoma yuboringlar, yigitlar. Konor Makgregorning bitimi", - deb yozdi irlandiyalik o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Makgregor 2021 yilning iyulidan buyon aralash yakkakurashlarda jang o'tkazmagan. O'shanda u UFC 264 turnirida engil vazn toifasida UFC vaqtinchalik chempionlik kamarining sobiq egasi amerikalik Dastin Porega birinchi raundda texnik nokaut (oyoq jarohati) bilan imkoniyatni boy bergandi. Uning professional rekordi jami 22 ta g'alaba va oltita mag'lubiyatdan iborat. 

Mish-mishlarga ko'ra, Konor Oq uydagi turnir kardiga kiritilishi mumkin.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ