logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 startiga besh kun qoldi

 23 FEVRAL, 2026, 07:16

O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov poytaxtimiz mezbonligida o'tadigan "Katta Dubulg'a" turniriga tayyorgarlik ko'rayotgan terma jamoamiz azolari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida dzyudochilarimizning tayyorgarlik jarayoni, jismoniy va ruhiy holati, shuningdek, musobaqa uchun qo'yilgan asosiy maqsad va vazifalar muhokama qilindi. 

Azizjon Kamilov terma jamoaning har bir azosiga katta ishonch bildirib, ularni yurtdoshlarimiz ko'z o'ngida o'tkaziladigan murosasiz bellashuvlarda munosib ishtirok etishga chaqirdi.

Eslatib o'tamiz, o'z tarixida beshinchi bor tashkil etilayotgan OTP Group Tashkent Grand Slam 2026 turniri 27 fevral - 1 mart kunlari poytaxtimizdagi muhtasham "Humo Arena" sport majmuasida o'tkaziladi. O'zbekiston mezbon sifatida eng ko'p - 56 nafar (har bir vaznda 4 nafardan) sportchi bilan ishtirok etadi. 










Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ