logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Real" ECHLda "Benfika"dan mag'lubiyatga uchrasa, Arbeloani istefoga chiqarishi mumkin

 22 FEVRAL, 2026, 18:00

"Real"ning CHempionlar Ligasi pley-off bosqichida "Benfika"ga qarshi javob uchrashuvi jamoaning bo'lajak bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi.

"Real" o'z maydonida 25 fevral kuni "Benfika"ni qabul qiladi. Dastlabki bahs safarda madridliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

43 yoshli ispaniyalik mutaxassisning poziciyasi La Liga 25-turidan o'rin olgan "Osasuna"ga (1:2) qarshi o'yindan so'ng jiddiy izdan chiqqan. CHempionlar ligasidan chiqib ketishi uning Madrid klubidan istefoga chiqarilishiga olib kelishi mumkin.

SHuningdek, klubdagilar Arbeloaning qarorlari mantig'ini tushunmayotgani va aniq o'yin modeli yo'qligidan norozi ekani aytilmoqda. "Real" rahbariyati bosh murabbiyning ko'p harakatlari futbolchilarga yoqishga qaratilganidan norozi.

Arbeloa "Real"ni yanvarda, Xabi Alonso istefoga chiqarilganidan keyin qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida jamoa 10 ta o'yin o'tkazib, 7 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ