logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC Fight Night 272 turnirining asosiy jangi tasdiqlandi + POSTER

 22 FEVRAL, 2026, 14:32

UFC matbuot xizmati 4 aprel kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night 272 turnirining asosiy jangini elon qildi.

Oqshomning asosiy voqeasida engil vazn toifasi vakillari - braziliyalik Renato Moykano hamda shotlandiyalik Kris Dunkan o'zaro oktagonda to'qnash keladi. Renato ushbu jangga ikki mag'lubiyatli seriya bilan kelmoqda. 

Yodingizda bo'lsa, Moykano Islam Maxachevga birinchi raunddayoq yutqazib qo'ygandi. O'shanda rossiyalik raqibini bo'g'ish orqali taslim etgan edi. U shuningdek, hakamlarning yakdil qarori bilan Benil Dariushga ham yutqazgan.

Kris Dunkan esa aksincha, dekabr oyida ketma-ket to'rtinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. So'nggi jangida Terrens MakKinnini birinchi raunddayoq bo'g'ib qo'ydi. Ayni paytda UFC engil vazn toifasi reytingida Renato Moykano kuchli o'ntalikni yakunlamoqda. Kris Dunkan esa hali divizionning Top-15 jangchilari qatoriga kirmagan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ