logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bektemir Meliqo'ziev AQShdagi boks oqshomida ganalik Sena Agbeko ustidan g'alaba qozondi (video)

 22 FEVRAL, 2026, 10:34

AQShning Nevada shtati Las Vegas shahrida o'tkazilgan professional boks oqshomida o'zbekistonlik Bektemir Meliqo'ziev navbatdagi jangini o'tkazib, g'alaba qozondi.

Supero'rta vazn toifasida ishtirok etayotgan bokschi ganalik Sena Agbekoga qarshi ringga ko'tarildi. Ettinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratgan Meliqo'ziev o'ziga tegishli bo'lgan WBA qit'alararo chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu Bektemir uchun professional ringdagi 17-g'alaba bo'ldi.

Uchrashuv Bektemir uchun bir oz qiyin boshlandi. Birinchi raundning o'zida raqib boshi bilan zarba berib yuborishi natijasida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasining qoshi yorildi. Shunga qaramay, Meliqo'ziev jang nazoratini o'z qo'lida ushlab turdi va yakunda muddatidan oldin g'alabaga erishdi.

Jangdan so'ng Bektemir Meliqo'ziev o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:

“Bu jangga xuddi avvalgilarida bo'lgani singari jiddiy tayyorgarlik ko'rgandim. Afsuski, birinchi raunddagi kutilmagan jarohat bir oz pand berib qoldi. Raqibim bosh bilan zarba berib yubordi va natijada qoshim yorildi. Shunga qaramay, muhim g'alabani qo'lga kiritganimdan xursandman. Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat”.​

Ketma-ket ikkita muhim g'alabadan so'ng Bektemir endi asosiy maqsad sari harakat qilishini bildirdi:

“Maqsadim — jahon chempionlik kamari! O'ylaymanki, tez orada bu kamarni O'zbekistonga olib kelamiz. Men chempionlik jangiga tayyorman”, deya ta'kidladi bokschimiz.

Ma'lumot uchun, 29 yoshli Meliqo'ziev professional faoliyati davomida bunga qadar 17 ta jang o'tkazib, 16 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan edi. U 10 ta jangda raqiblarini muddatidan avval mag'lub etgan. Bugungi g'alaba uning prof-boksdagi 17-muvaffaqiyati bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ