logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Новостная лента

UFC turniri o'tkaziladigan davlatlar soni 30 taga etdi

 10 IYUL, 2025, 09:32

Kecha UFC rahbari Dana Uayt Doha shahrida Qatar sporti mutasaddilari bilan uchrashuvda ushbu mamlakatda turnir o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdi.

SHartnomaga ko'ra, shu yilning 22 noyabr kuni poytaxt Doha shahrida UFC Fight Night turniri tashkil etiladi. Bu bilan Qatar dunyo xaritasida UFC turniri o'tkazilgan 30-davlatga aylanadi. 

Aslida ushbu turnir Dohada may oyida o'tkazilishi kerak edi. Lekin o'shanda sababi aytilmagan holatda turnir bekor qilingan, oqshom doirasidagi aksariyat janglar Bokudagi  UFC Fight Night kardiga ko'chirilgan edi. 

SHu kungacha eng ko'p UFC turnirlariga mezbonlik qilgan davlat bu shubhasiz - AQSH! Amerikada 521 ta UFC turnirlari o'tkazilgan. Ikkinchi o'rinda Braziliya - 40 ta!  Argentina, Ozarbayjon, CHili, CHexiya, Daniya, Xorvatiya, Filippin, Puerto-Riko va Urugvay mamlakatlari bir marotabadan dunyoning eng kuchli aralash yakkakurash Ligasi turnirlariga mezbonlik qilgan. 

UFC turniri o'tkazilgan davlatlar va ularning soni: 

AQSH - 521 turnir

Braziliya - 40 

Kanada - 35

Buyuk Britaniya - 30

BAA - 20

Avstraliya - 19

Yaponiya - 9 

Meksika - 8

Xitoy - 7 

Germaniya - 6 

Singapur - 6 

SHveciya - 6 

Franciya - 3 

Irlandiya - 3

Yangi Zelandiya - 3

Rossiya - 3

Niderlandiya - 2

Polsha - 2

Saudiya Arabistoni - 2

Koreya Respublikasi - 2

Argentina - 1

Ozarbayjon - 1 

CHili - 1

CHexiya - 1 

Daniya - 1 

Xorvatiya - 1 

Filippin - 1 

Puerto-Riko - 1

Urugvay - 1



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ