logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC Fight Night 267. Moldovalik og'ir vaznli jangchida g'alaba + FOTO

 22 FEVRAL, 2026, 08:32

Ayni daqiqalarda AQSHning Xyuston shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tmoqda.

UFC Fight Night 267 oqshomining asosiy kardi doirasida og'ir vazn toifasi reytingida ettinchi o'rinni egallab turgan moldovalik Sergey Spivak xorvatiyalik raqibi Ante Deliyaga qarshi oktagonga chiqdi. Uch raund to'liq davom etgan jangda Spivak hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba (30-27, 29-28, 29-28) qozondi.

Bu bilan 30 yoshli Spivak ikki mag'lubiyatli seriyasini g'alaba bilan yopib ketdi. Uning hisobidagi g'alabalari 18 taga (15 tasi muddatidan avval) etdi. Hisobida 6 ta mag'lubiyat bor. 35 yashar Deliya esa bugun sakkizinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Ante 26 (19 tasi muddatidan avval) g'alabaga ega. 






Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ