logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rasman! Ramires vs Benavides: ikki vazn chempionlarining jangi tasdiqlandi

 21 FEVRAL, 2026, 17:16

2 may kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi T-Mobile arenada katta professional boks turniri o'tkaziladi.

"Sinko de Mayo" nomli ushbu boks oqshomining asosiy jangi rasman elon qilindi. Unda birinchi og'ir vazn toifasida WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Xilberto Ramires yarimog'ir vaznda WBC kamari sohibi Devid Benavidesga qarshi ringga ko'tariladi.

Eslatib o'tamiz, Devid Benavides 2025 yilda Devid Morrell va Entoni Yardni mag'lubiyatga uchratgandi. SHundan so'ng u Xilberto Ramires, Dmitriy Bivol va Artur Beterbievni ringga chorlagandi. 

Xabarda aytilishicha, Benavides Xilbertoga qarshi jangdan so'ng yana yarimog'ir vazn toifasiga qaytadi. Ramires professional boksdagi faoliyati davomida faqat Bivolga  (2022 yilda ochkolar bo'yicha) imkoniyatni boy bergan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ