logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Dubai Duty Free Tennis Championships. Svitolina ikkinchi finalchi!

 21 FEVRAL, 2026, 14:00

BAAning Dubay shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnirda ikkinchi finalchi ham malum bo'ldi.

Dunyoning to'qqizinchi raketkasi bo'lib turgan ukrainalik Elina Svitolina WTA reytingida o'zidan besh pog'ona yuqorida borayotgan amerikalik Kori Goffni irodali tarzda mag'lubiyatga uchrata oldi - 6:4, 6:7 (13:15), 6:4. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlari hisobida Elina oldinga chiqib oldi - 3:2. 

Uch soatu olti daqiqa davom etgan dramatik bahsda Svitolina 2, Goff 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Korida 6 barobar ko'proq bo'ldi - 12 ga 2. Elina hal qiluvchi finalda amerikalik Jessika Pegulaga qarshi kortga chiqadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ