Eddi Xirn Dana Uaytning o'z shaniga aytgan so'zlariga keskin javob qaytardi
21 FEVRAL, 2026, 11:48
Matchroom Boxing rahbari Eddi Xirn Zuffa Boxing loyihasi ishga tushirilgandan so'ng promouterlar o'rtasidagi ziddiyat kuchayishi fonida UFC prezidenti Dana Uaytga keskin munosabat bildirdi.Avvalroq Uayt Xirn otasi uchun ishlayotgani va uning jamoasidan farqli o'laroq, boksni rivojlantirish bo'yicha o'z qarashlariga ega emasligini aytgandi.
"Uning so'zlari meni hayron qoldirdi - aslida, u Eddi Xirn otasi uchun ishlayotganini aytdi. To'g'risini aytsam, bunday gaplar odatda odamning jahli chiqib, izdan chiqqanda aytiladi. Uning bunchalik erta asabiylashishini kutmagan edim. U meni otamning qo'lida ishlaydi, deganda - ha, shunday desa ham bo'ladi. Ammo ko'p yillar davomida uning "otalari" aka-uka Fertittlar edi, endi esa uning yangi "otasi" Turki Al ash-SHayx paydo bo'ldi. Dana Uayt Turki Al al-SHayxning qo'lida ishlaydi. U kompaniya xodimi xolos", - deya Xirnning so'zlarini keltiradi Mirror.
SHuningdek, britaniyalik promouter Dana Uaytning so'nggi shoularini tanqid qilib, ularni o'rtamiyona deb atadi va ko'rish qobiliyati yo'qligi haqidagi ayblovlarni rad etdi.

Manba: olamsport.com
