"Biz ularga haddan tashqari ko'p vakolat berib yubordik". Striklend MMAdagi ayollar haqida
21 FEVRAL, 2026, 11:32
Sobiq UFC chempioni SHon Striklend ayollar aralash yakkakurashiga qarshi keskin bayonot bilan chiqdi.U ayollar jangi bilan "hech kimning ishi yo'q"ligini aytdi va o'rtacha darajadagi erkak yakkakurashchi afsonaviy Amanda Nunesni kaltaklay olishini taxmin qildi.
"Ayollar farzand ko'rish, onalik, ovqat pishirish, uy yig'ishtirish kabi sohalarda muvaffaqiyatga erishganini yodda tutishimiz kerak. Muammo shundaki, biz ularga haddan tashqari ko'p hokimiyat berdik, ular esa jamiyatni vayron qilmoqda", - dedi Striklend.

Manba: olamsport.com
