Octagon League'ning keyingi turniri ham Toshkentda bo'ladi (POSTER)
20 FEVRAL, 2026, 18:48
Qozog'istonning Octagon League aralash yakka kurashlar tashkiloti yana poytaxtimizda musobaqa tashkil etadi.2 aprel kuni "Humo Arena" majmuasida Octagon 85 turniri bo'lib o'tadi. Mish-mishlarga qaraganda, Octagon League endilikda Qozog'iston hududida doimiy ravishda musobaqa o'tkaza olmaydi.
Eslatib o'tamiz, Liganing so'nggi turniri 1 fevral kuni Toshkentda bo'lib o'tgandi.

Manba: olamsport.com
